MAHSULOTIMIZ

Ultratovushli terapiya

Davolashnung bu usuli mushaklardagi og'riq va sanchiqni qoldiradi, yaralarni tez tuzatadi, terining, to'qimalarning shikastlangan joylarnini tez tiklaydi, qon kelishini yaxshilaydi, hujayralardagi metabolizmni oshiradi. Tayanish-harakat a'zolari kasalliklarini, teri kasalliklarini, nevralgiyani davolashga ishlatiladi.

BTL Kompaniyasi innovatsion texnologiya bilan ishlab chiqilgan, xususiyati va ishlashi boshqacha, ko'p ish bajaradigan ultratovush applikatorlarini ishlab chiqaradi. Ularning sirasiga aylanadigan maydon texnologiyasi, akustik signal beradigan va ko'p boshqa texnoligiyalar kiradi. Modul tizimli, badan qismlariga o'tish imkonini beradigan va biriktirilgan terapevtik ensiklopediyali apparat modellari bor.

BTL_Ultrasound_HandsFreeSono_pl_1448286584_original2

Elektroterapiya

Bu usul og'riqni kamaytiradi, mushaklar tizimini harakatchan qiladi. BTL Kompaniyasi ishlab chiqargan fizioterapiya apparati elektroterapiyada ishlatiladi va albatta past va o'rta chastota toklarning keng qamroviga ega bo'ladi.

Ekran— ko'pincha sensorli bo'lganu uchun ishlatishni imkoni boricha soddalashtiradi, to'g'ri tanlangan va dasturlab qo'yilgan davolash tartibi har bitta be'morni davolash ko'rsatgichlarini tez va aniq belgilash imkonini beradi.

BTL_Electrotherapy_electrodes_pl

Lazer terapiya

To'qimalar harakatini oshirganda va to'qimadagi yarani bitirganda, yallig'lanish va shishni ketkazganda bunday ta'sir ayniqsa samarali bo'ladi. BTL Kompaniyasining fizioterapiyada ishlatiladigan lazerli apparatlarida nur chiqaradigan applikatorlarni turlicha qibil o'zgartirish mumkin:

  • qizil va infraqizil zondlar;
  • qizil va infraqizil klasterlar;
  • birlashgan klasterlar.

Hamma ko'rsatgichlarni jihozning sensorli ekranida oson o'zgartirish mumkin. Ishlaganda albatta ko'zni berkitadigan ko'zoynak taqib oling.

BTL_Laser_cluster_pl

Magnitoterapiya

Magnit maydoni ta'siriga asoslangan bu usul og'riqni ketkazadi va to'qimalar tuzalishini tezlashtiradi. BTL Kompaniyasining magnitoterapiya vositalari bozordagi shunga o'xshash jihozlar ichida eng kuchlisi hisoblanadi. Patentlangan fokusli magnit maydoni texnologiyasi ishlatiladigan ko'pdan-ko'p applikatorlardan o'zingizga keragini tanlab olishingiz mumkin — bunday texnologiyali jihozlarni faqat bizning Kompaniyamiz ishlab chiqaradi.

Sezib tushunadigan va sensorli boshqariladigan ekran, biriktirilgan davolash tartibi — bularning hammasi fizioterapiya jihozlaridan foydalanadigan mutaxassislarning ishini ancha osonlashtiradi.

BTL_Magnetotherapy_solenoid_pl2

Birlashgan apparatlar

BTL Kompaniyasi apparatlarining ko'pi birlashgan, umumiy fizioterpaiya apparatlaridigan iborat. Ularda elktr, magnitli, ultratovush va lazerli terapiyaning turli xususiyatlari birlashtirilgan.

BTL_Combined-units_v2_pl
Web4000Gyn

Ginekologiyadagi fizioterapiya

BTL Kompaniyasi BTL-4000 Premium G jihozida ginekologiyada qo'llanadigan o'xshashi yo'q usullarni jamlagan.

Uning yordamida ayollar bepushtligi, tos osti mushaklarining zaifligi, surunkali yallig'lanish, kataral mastit, homilani yo'qotishga odatlanish sindromi kabi kasalliklarni tuzatish mumkin.

BTL_Shortwave-Diathermy_v2_pl_3

Qisqa to'lqinli diatermiya

Davolashning bu usuli to'qima va a'zolarni yuqori chastotali qisqa to'lqin bilan qizdirishga asoslangan.

BTL-6000 Shortwave 400 jihozida hosil bo'ladigan to'lqin to'qimaga imkoni boricha chuqur kiradi — infraqizil nur, issiq vanna yoki kompress bilan qizitgandagidan ko'ra chuqurroq kiradi.

Mikroto'lqinli diatermiya

BTL-6000 Microwave −   doimiy va impulsli mikroto'lqin terapiya apparati. Mikroto'lqin terapiyada ishlatiladigan bir qutbli applikator ishlatilishi   oddiy va qulay.

BTL_Microwave-Diathermy_v2_pl
Mahsulotlarni ko'rsatish

Traksion terapiya

Yelkadagi va bo'yindagi og'riqni ketkazadi.

BTL-16 Plus vositasi turli usullarda - doimiy, bel sohasini, uyg'un servikal davolashga mo'ljallangan.

BTL_Traction-unit_pl
Mahsulotlarni ko'rsatish

Jihozning xususiyatlari

Fizioterapiyada ishlatiladigan apparat — inson organizmiga turli fizik usullar bilan ta'sir qiladgian asbobning umumiy nomi. Lazer nuri, ultratovush, magnit maydoni va elektr tokini ishlatish hozir terapiyaning eng ilg'or usullaridan hisoblanadi.

Fizioterapiya muvaffaqiyatli bo'lishining sharti - apparatlar xavfsiz va ishonchli bo'lishi kerak. Tiibbiyot turli yo'nalishlari uchun ishlab chiqilgan innovatsion asboblar shunga o'xshash boshqa jihozlardan farq qiladi:

  • interfeysi oddiy;
  • ko'p ish bajaradi;
  • biriktirib qo'yilgan davolash tartibi ko'p;
  • yangilash imkoniyati bor;
  • ikki yil buzilmasdan ishlashiga kafolat beriladi;
  • universal.

Muolaja o'tkazilishi

Fizioterapiya jihozlari inson immunitet tizimini qo'zg'otib insonning kasallikka qarshi kurashadigan tabiiy bioximik jarayonlarini ishga tushiradi. Davolashda ultratovush, magnit to'lqini, lazer nuri va elektr toki alohida ishlatilganda ham, boshqa usullar bilan qo'shib ishlatilganda ham samarali bo'lishi tasdiqlangan.

Fizioterapiya apparatlari turlicha ta'sir qilishi mumkin: umumiy, nuqtali, qo'zg'otib, sovutib va isitib ta'sir qiladi. Ba'zi asboblar antibakterial, spazm qoldiruvchi, og'riq qoldiruvchi va tetiklashtiruvchi ta'sir qiladi. Bu usulning afzalligi - kimyoviy dorilarni ishlatishga ehtiyoj qolmaydi.

Tayinlanadigan va tayinlanmaydigan hollar

Fizioterapiya apparatlari tibbiyotning ko'p sohalarida ishlatiladi. Ular quyidagi kasalliklarda tayinlanadi:

  • ichki a'zo kasalliklari;
  • periferik asab tizimi kasalliklari;
  • ko'z kasalliklari;
  • tayanch-harakat a'zolari kasalliklari;
  • ginekologik va urologik kasalliklar;
  • LOR – kasalliklar.

Bunday tibbiyot jihozlari ayniqsa jarohat olgan va operatsiya qilingan be'morlarni reabilitatsiya qilishga ko'p ishlatiladi. Teri va badandagi kamchiliklarni ketkazganu uchun bu jihozlar kosmetologiyada ham ko'p ishlatiladi.

  • Tayinlanmaydigan hollar: onkologiya, intoksikatsiya, isitma chiqishi, og'ir psixoz, buyrak yaxshi ishlamasligi, yurak va tomir kasalliklari, o'pka yaxshi ishlamasligi, qon kasalliklari, umumiy og'ir kasallik.

Jihoz turlari

BTL Kompaniyasi fizioterapiya uchun eng zamonaviy tibbiy jihozlar ishlab chiqaradi.

 

Modellar qatorida quyidagi davolash johozlari bor:

 

  • elektroterapiya;
  • ultratovushli terapiya;
  • lazerli terapiya;
  • magnitoterapiya;
  • qisqa to'lqinli va uzun to'lqinli terapiya;
  • traksion terapiya;
  • zarb to'lqinli terapiya;
  • yuqori intensiv lazerli terapiya;
  • ginekologik kasalliklarni davolash;
  • birlashgan ta'sir bilan davolash.

Jihozlar ta'sir qiladigan usulidan tashqari texnik xususiyatlari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Ko'p ish bajaradigan jihozlarga zamonaviy butlovchi qismlar qo'yilgan, dasturlab qo'yilgan bir nechta davolash usullari bor va ko'rsatgichlarini be'morning ehtiyojiga qarb o'zgartirish mumkin. Ba'zi jihozgarda bir nechta davolash usullari birlashtirilgan.

Fizioterapiya apparatlarini foydali narxda xarid qilish uchun saytimizda buyurtma bering yoki rasmiy sotuvchilarimizga murojaat qiling.