ULTRATOVUSH BILAN DAVOLAYDIGAN MAHSULOTIMIZ

Tibbiy ko'rsatgichlari

BTL_medical_background_ultrasound_UZ


 

Ultratovush—  kristall bilan applikator applikatori tebranishidan hosil bo'ladigan mexanik to'lqin bo'ladi. Tebranish applikatordan badan yuzasiga, kontakt gel vositasida esa badandan to'qimalar ichiga o'tadi. Asosiy ta'siri – to'qimalarni qizitadi va mikro massaj qiladi.

Ultratovush chastotasi davolanadigan joyga qarab tanlayadi. 1 MHz chastota odatda chuqur to'qimalarni davolashga ishlatiladi, 3 MHz chastota esa to'qimalar yuzasiga ayni mos bo'ladi. BTL-4000 Smart va Premium apparatlari o'zgarib turadigan chastota bilan davolash imkonini beradi. O'zgarib turadigan chastota ishlatilganda   tizimning o'zi belgilab qo'yilgan oraliqda   chastotani 1MHz dan 3 MHz ga o'zgartirib turadi.

BTL Kоmpaniyasi lazеr bilan davоlaydigan apparatlarining хususiyati

BTLning ultratovush bilan davollaydigan jihozlari qaysi o'rinlarda ishlatiladi

Muolaja o'tkazilishi

Ultratovush applikator chiqargichidagi tebranishdan hosil bo'ladigan mexanik to'lqin hisoblanadi. Maxsus gel bilan bu to'lqin badan to'qimalariga kiradi, ularni isitadi va mikromassaj qiladi. Ultratovush bilan davolaydigan apparatning ta'sirida to'qimalarning harorati o'zgaradi va natijada biokimyoviy reaksiya harakatga keladi. To'lqin qancha kirishi va uning chastotasi davolanadigan joyga qarab alohida belgilanadi. Yuza davolashga 3 MHz chastotali to'lqin ishlatiladi. To'qima ichiga chuqur kirishi uchun chastotani 1 MHz belgilash tavsiya qilinadi. Agar o'zgarib turadigan chastota ishlatiladigan bo'lsa UZT apparati ko'rsatgichlarni o'zi o'zgartiradi.

Tayinlanadigan va tayinlanmaydigan hollar

Turli modeldagi ultratovush apparatlari quyidagilarni davolashga ishlatiladi:

  • ortopedik kasalliklar;
  • sportda olingan jarohat;
  • og'riqli nevrologiya;
  • ginekologik kasalliklar;
  • kosmetologik kamchiliklar.

Reabilitatsiya davrida organizmga ultratovush bilan ta'sir qiladigan apparatlar ishlatiladi — bursit, artroz, gematomalar, artrit davolanadi. Bu usul jarohatni tez tuzatadi, tez tiklaydi, og'riqni qoldiradi, yallig'lanishni ketkazadi va bakterisid ta'sir qiladi.

Quyidagi hollarda tayinlanmaydi: yiringli yallig'lanish, gemofiliya, Gospel kasalligi, og'ir qandli diabet, homiladorlik, jigar, tomir, yurak kasalliklari. Ultratovush chiqaradigan apparatlar bosh, yurak va suyaklar o'sadigan sohaga ishlatilamaydi.

Jihozlarning turi va xususiyati

BTL Kompaniyasi quyidagi seriyali jihozlarni ishlab chiqaradi:

  • Smart & Premium. Bu qatordagi fizioterapiyada ishlatiladigan ultratovush apparatlarining har bittasi rangli ekranli, patentlangan Hands Free Sono (ixtiyoriy) applikatorlari bilan jihozlangan, akkumulyatordan ishlashi mumkin va ixcham yasalgan. Bu vosita eng ilg'or texnologiyalarga asoslanib ishlab chiqilgan.
  • BTL-5000. Professional jihozlarni keyinchalik boshqa fizioterapik modullar bilan yangilsh mumkin.
  • Topline & Professional. Oddiyroq lekin ixcham ishlangan funksional jihozlar mablag'ni tejaydi, tibbiiy xonani yuqori darajada samarali ishlaydigan vosita bilan jihozlash imkonini beradi. Alohida ishlashi uchun ichiga akkumulyator qo'yilgan.
  • Yuqorida aytilgan seriyadagi modellar ichida birlashgan , ya'ni, lazer, elektr va magnitli terapiya usullarini ishlatish imkonini beradigan jihozlar bor, Ya'ni, bitta apparat bir nechta tibbiy jihoz o'rnini bosishi mumkin. Ultratovush davolash apparatini xarid qilish uchun Internet sahifamizda buyurtma berishingiz yoki rasmiy sotuvchilarimizga murojaat qilishingiz mumkin.