MAHSULOTLAR

BTL-6000_Super_Inductive_System_Elite_pl

BTL-6000 Super Inductive System

  • Chastotasi 150 Hz gacha
  • Intensivligi 2,5 T gacha
  • Aplikatorning patentlangan texnologiyasi
  • 8,4" O'lchamli rangli sensorli ekran
Mahsulotlarni ko'rsatish

Xususiyatlari va afzalliklari

• Chastotasi 150 Hz gacha
• Intensivligi 2,5 Т gacha
• Aplikatorning patentlangan texnologiyasi
• Impulslarning sifat nazorati
• Rangli sensorli ekran bilan intuitiv boshqaruv
• Ekspres-protokollar
• Tana qismlari bo'yicha navigatsiya
• Bemorlarning ma'lumotlar bazasi
• Oldindan belgilangan protokollar va terapevtik ensiklopediya
• 6-sektsiyali ushlagich
• Arava

APLIKATORNING PATENTLANGAN TEXNOLOGIYASI

BTLning yuqori intensiv magnitoterapiya usuli yuqori texnologiyali yechimlar bilan ajralib turadi. Aplikatorda joylashgan noyob katushka konstruktsiyasi og’ir ish sharoitida ham apparatning 150 Hz gacha bo'lgan chastotada va 2,5 T gacha bo’lgan induktivlikda uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Katushkaning noyob sovutish tizimi yanada samarali sovutish va maksimal ish sharoitida ham uzoq muddatli davolashni ta’minlaydi.

Aplikator ham, 6-sektsiyali ushlagich ham eng kichik detallargacha ishlab chiqilgan. Turli xil terapiyalarni oson va aniq sozlash uchun aplikator qulay ushlagich va 6-sektsiyali tutqich bilan jihozlangan. Tutqich aplikatorni kerakli holatga o'rnatishga imkon beradi.

BTL-Super-Inductive-System-applicator-technology_UZ

Aplikator

SIS-Focused-field-applicator_UZ

Elektromagnit maydonining tarqalishi

Super Inductive System aplikatoridan chiqadigan elektromagnit maydoni to’qimalarda chuqur joylashgan nuqtalarga 2,5 T gacha indukstiya bilan yo’naltirilgan ta’sir berishini ta’minlaydi.

Tibbiy ko'rsatkichlar

OG’RIQNI KAMAYTIRISH UCHUN CHASTOTA DIAPAZONI

Chastotalarning keng diapazoni BTLning yuqori intensivli magnitoterapiyasini kasallikning barcha bosqichlari uchun qo’llashga imkon beradi. Og’riqni qoldirish kuchi 3 xil chastota diapazonida farq qiladigan og’riq nazorati nazariyasiga asoslangan. Aynan shu sababli yuqori intensivli magnitoterapiya og’riq kuchini turli xil bosqichda yo’q qiladi — surunkali yoki o’tkir.

BTL-SIS-medical-background-graph_UZ

Grafiklar BTLning yuqori intensivli magnitoterapiyaning 5-10 seansdan keyin og’riq yo’qolishini ko’rsatadi. 87% bemorlar og'riq sezilarli darajada kamayganligini qayd etdi. *

* Professor Krasimira KAZALAKOVA. Mushak-skelet tizimi va nevrologik kasalliklarida og'riqni yo'qotish vositasi sifatida periferik magnit stimullash.

 

BO'G'IM HARAKATCHANLIGINI KUCHAYTIRISH

Bo’g’im harakatchanligini kuchaytirish bo’g’im atrofidagi mushaklarning takroriy qisqarishidan erishiladi. Bu takroriy qisqarish bo’g’imlarning qo’lda ishlab chiqishining o’rnini egallaydi, bu bo’g’im harakatchanligining tiklanishiga olib keladi.

SINISHLARNING BITISHI

Yuqori intensivli magnit maydoni ta’sir doirasida qon aylanishini yaxshilaydi, bo’g’im va kemirchak mustahkamlanishiga yordam beradi.

MIOSTIMULYATSIYA

Elektromagnit maydonining nerv-mushak to'qimalari bilan o'zaro ta'siri hujayra membranalarining depolarizatsiyasiga va mushaklarning qisqarishiga olib keladi. Tanlangan stimullash chastotasiga qarab mushaklarning bo’shashishiga yoki mustahkamlanishiga erishish mumkin.

SPASTICHNOSTNI DAVOLASH

Mushaklarning tonusini kuchaytirish mushak tonusining orqa-miya nazorati orqali erishiladi. Ushbu mexanizm markaziy asab tizimining motorik nuqsonlarini davolash uchun qo’llaniladi.